Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmatining viloyatimizda o‘tkazgan o‘rganishi yakunlari muhokama etildi. Respublika OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari monitoring tafsilotlarini slaydlar vositasida izohlab berdilar. Kamchiliklar qayd etilgan tibbiyot muassasalarining rahbarlaridan mas’uliyat talab etildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abdulhodi Iminov, Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari Holmamat Norboyev, Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori Qahramon Yo‘ldoshevlar so‘zga chiqib, davolash-profilaktika muassasalaridagi tashvishli holatlarni qayd etar ekanlar, belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya etilishi va shifoxona ichi infeksiyalari tarqalishining oldini olinishi ustidan talabchanlikni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Yig‘ilishda viloyat hokimining o‘rinbosari G‘ulomjon Murodxo‘jayev ishtirok etdi.